Bekobod yaqinidagi Avangard — qahramonlar qishlog‘i. Unda yarim tunda terimga chiquvchi otaxonlar, o‘g‘lidan yashirincha paxta teruvchi onaxonlar, terimga ham, uy ishlariga ham birdek ulguruvchi superkelinchaklar va hammasiga bosh-qosh “Temir xotin” bor. “Gazeta.uz” ularning turmushi va orzu-umidlari bilan tanishdi.
Taniqli fotograf Husniddin Ato shogirdlari bilan tez-tez safarga chiqadi. Ustoz 2023-yil yozida Madina A’zam, Murod Yusuf, Farangiz Kamolova, Kamron Hasanov bilan birga Sultonhovuz ko‘li va uning yaqinidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoga sayohat qilgandi. Quyida — sayohat davomida olingan suratlardan namunalar.
Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.
Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.
O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil va Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnalistlari Nurotada bo‘lib, bu qishloq nimalari bilan hayratga solishini o‘rganib qaytdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam, Shohruh Haydarov va Yevgeniy Sorochin fotokameralari obyektiviga O‘zbekistondagi kuz manzaralarini muhrladi. Fotoreportaj.
Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida ko‘plab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam ushbu hududdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistondagi barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlandi. 4-sentabr tongida Toshkent ko‘chalari yanada gavjumlashdi, tirbandliklar ko‘payib, jamoat transportlari yo‘lovchilarga to‘ldi, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi, talabalar esa darsga otlanishdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Nukusdan taxminan 150 km uzoqlikda, Mo‘ynoq tumanida, mahalliy aholi “Suvi duchchi” (o‘zbekchasiga “suvi chuchuk”) deb atagan, xaritalarga Sudochye nomi bilan kiritilgan ko‘llar tizimi bor. U yerga boradigan to‘g‘ri va tekis yo‘l yo‘q, shu bois masofani bosib o‘tishga 4 soatcha vaqt ketadi. “Gazeta.uz” reportaji.
Toshkentning 8-mart, Mehrjon va Surxon ko‘chalari kesishmasi yaqinida, katta bir daraxt soyasida moviy bir budka bor. Ba’zida uning oldida ulkan navbatlar paydo bo‘ladi. Bu yerda 30 yildan beri olmoslik Abduvosit Mahmudov qiyomli gaz-suv sotadi. “Gazeta.uz” 75 yoshli otaxonning hikoyasini havola qiladi.
O‘zbekiston har yili o‘n minglab toshbaqa eksport qiladi. Ko‘pchilik bu toshbaqalar tabiat bag‘ridan yulib olinadi, deb o‘ylaydi. Afsuski, shunday kontrabandachilar ham yo‘q emas. Ammo toshbaqalarni pitomnikda ko‘paytiradiganlar ham bor. “Gazeta.uz” toshbaqalar tutqunlikda qanday ko‘paytirilishi haqida hikoya qiladi.
O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.
Beruniy yashagan davrlarda uning nomi “Qiz dengizi” edi. Dengizdan kam joyi yo‘q — uzunligi 100−120 (taxminan Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofa), eni 30−40 km atrofida, bu qirg‘og‘idan narigisi ko‘rinmaydi. Asrlar bo‘yi necha bor qurib, so‘ng yana suvga to‘lgan bu joy hozir shunday ataladi — Sariqamish.
25-may kuni O‘zbekistondagi 10 mingdan ko‘proq maktabda jami 392 ming o‘quvchi uchun qo‘ng‘iroq oxirgi marta chalindi. Qadrdon do‘stlar va ustozlar bilan xayrlashuv, konsert, vals, ko‘zlardagi yosh — “Gazeta.uz” maktablardagi so‘nggi kundan fotoreportaj tayyorladi.
A’zamxon Nabiyev soatlarni 20 yildan beri to‘playdi. Uning kolleksiyasida 200 dan ortiq soat namunasi bor. Ularning ayrimlari vaqtni ko‘rsata boshlaganiga yuz yildan oshgan. “Gazeta.uz” noodatiy ustaxonada bo‘lib, soatsoz bilan uning kolleksiyasi, eski soatlarni sozlash va ularning bahosi haqida suhbatlashdi.
O‘zbekiston tarixi muzeyida o‘zbekistonliklar SSSRning Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Unda o‘nlab arxiv suratlari, sovet plakat san’atining namunalari namoyishga qo‘yilgan, shuningdek, “Askar maktublari” kitobi taqdim etilgan.
Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar har kuni Anhorni bir necha bor suzib o‘tadi. Bu sportchilar Minor qabristoni yaqinidagi bazada shug‘ullanadi. “Gazeta.uz” ular bilan mashg‘ulotlar, eshkak eshishga muhabbat, bu sport turining Toshkentdagi istiqboli va suvdagi hordiq uchun joy yetishmasligi haqida suhbatlashdi.
Qo‘llar insonning mavqei va mashaqqatlaridan hikoya qiladi. Kaftlardagi chizig‘u yoriqlar, dog‘u chandiqlar kishilarning turmushi, kasb-koridan darak beradi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam mana shunday qo‘llarning “gapiruvchi suratlari"ni bir sahifaga jamladi.
O‘zbekistonda — bahor va “har bahorda shu bo‘lar takror”: o‘riklar (va nafaqat o‘riklar) gullagan, yam-yashil o‘tloqlarda momaqaymoqlar sap-sariq bo‘lib bo‘y cho‘zgan, ularning ustida esa qishki uyqudan uyg‘ongan tabiat ramzi o‘laroq xonqizilarni ko‘rasiz. “Gazeta.uz"dan bahoriy fotojamlanma.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting